Qulay dozalash
Mikroelementlar haqida
Kaliy va magniy — yurakning asosiy yordamchilari. Agar bu mikroelementlar organizmda yetarli miqdorda mavjud bo‘lsa, insonning yurak-qon tomir tizimi soatdek ishlaydi.

Kaliy va magniy inson organizmida nimaga ta’sir qiladi?
  • Yurak impulslarini hosil qilish
  • Miokard (yurak mushagi)da normal modda almashinuvini ta’minlash
  • Miokard va butun tanadagi mushaklarning qisqarish funksiyasini yaxshilash
  • Qon tomirlar devorlarining elastikligini saqlash
  • Qon quyuqligini kamaytirish va tromblar hosil bo‘lishining oldini olish
  • Aterosklerotik blyashkalar o‘sishini sekinlashtirish
  • Yurak mushagida modda almashinuv jarayonlarini tartibga solish

Kaliy nima?
Kaliy (K/Kalium) — tabiatda yumshoq ishqoriy metall sifatida uchraydi. Uning yana bir nomi — potassium.
Inson organizmida kaliy suv-tuz muvozanatini tartibga soladi va yurak ritmi uchun mas’uldir. Bu mikroelementning taxminan 98% hujayra ichida joylashgan. Kaliy mushak to‘qimalari, jumladan, yurak mushagi normal ishlashi uchun zarur.
Kaliy magniy bilan “duet”da samarali ishlaydi. Kunning me’yoriy iste’moli — 3600 mg. Bu miqdor, masalan:
  • 200 g quritilgan o‘rik,
  • 470 g ismaloq,
  • yoki 370 g dengiz karamida mavjud.
Kaliy haqida qiziqarli faktlar:
  • Ko‘pchilik o‘simliklarda mavjud
  • Kaliy tuzlari bakteriyalarning ko‘payishini oldini oladi
  • Kaliyning bir tuzi — sorbat (E 202) — oziq-ovqat sanoatida keng tarqalgan konservant
  • Inson organizmida kaliy sintez qilinmaydi

Magniy nima?
Magniy (Mg/Magnesium) — asosan asab tizimi barqaror ishlashi va mushaklar normal faoliyati uchun muhim bo‘lgan mineral. Kaliy bilan birgalikda magniy yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
  • Yurak ritmini yaxshilaydi
  • Qon tomirlarning elastikligini oshiradi
  • Qon bosimi o‘zgarishlarini kamaytiradi
  • Aterosklerotik jarayonlarni sekinlashtiradi
Magniy mushak qisqarishi mexanizmida ishtirok etadi va mushak spazmlarini oldini oladi. Shuningdek, asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, tashvish va asabiylik darajasini pasaytiradi.
Magniyning kunlik me’yoriy iste’moli — 400 mg. Eng ko‘p magniy quyidagilarda mavjud:
  • Bug‘doy kepagi
  • Qovoq va kunjut urug‘lari
  • Yong‘oqlar
  • Ko‘katlar va dukkakli ekinlar
Magniy haqida qiziqarli faktlar:
  • Katta miqdorda magniy dengiz suvlarida mavjud
  • O‘simliklarning yashil barglaridagi xlorofill magniy komplekslari asosida shakllanadi va fotosintez jarayonini ta’minlaydi
  • Ratsiondagi ortiqcha yog‘ magniyning normal o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qiladi

Qaysi yurak-qon tomir kasalliklarida kaliy va magniy foydali?
  • Yurak aritmiyalarining turli shakllari
  • Yurak yetishmovchiligi
  • Arterial gipertoniya, ishemik yurak kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti)
  • Yurak tomirlarining aterosklerotik zararlanishi
  • Insult
Ko‘plab tadqiqotlar kaliy va magniyni birgalikda qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklarini, depressiyalarni, jismoniy charchoqlarni va boshqa sog‘liq muammolarini davolashda samarali ekanligini tasdiqlaydi.

Yurak formulasi

Faqat yurak uchun foydali mikroelementlar — kaliy va magniyni o‘z ichiga oladi
Batafsil

Qulay dozalash

Kaliy va magniyning muvozanatli dozalari. Uzoq muddat qabul qilish mumkin.
Batafsil

Oson o‘zlashtiriladi

Kaliy va magniy yuqori biofoydalilikka ega bo‘lgan organik tuzlar — asparaginatlar shaklida.
Batafsil
Dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari haqida xabar berish uchun:
Ishlab chiqaruvchiga quyidagi manzilga xabar berishingiz mumkin: gedeon@gr.uz
Nojo‘ya ta’sirlar haqida e-mail orqali xabar bering
© 2025 Gedeon Richter
Mahsulot sertifikatlangan
Gedeon Richter vakolatxonasi O‘zbekistonda:
Manzil: Toshkent, Mirabad tumani, Nukus ko‘chasi, 71-uy
Telefon: +998 (78) 1479042
Telefon: +998 (78) 1479043
Made on
Tilda